Klinik laboratoriya

Xozirgi kunda kasalliklarga aniq tashxis qo‘yishda klinik laboratoriyaning axamiyati juda xam katta xisoblanadi.

Klinik diagnostik laboratoriyada quyidagi taxlillar olib boriladi:

 Umumiy qon taxlillari;
 Umumiy peshob taxlillari;
 Umumiy najas taxlillari;

Umumiy qon taxlillariga quyidagilar kiradi:
* Qonda leykotsitar formulani sanash (mikroskop yordamida)
* Gemoglobin miqdorini aniqlash (FEK-Fotokolorimetr uskunasi orqali)
* Eritrotsitlar sonini aniqlash (mikroskop yordamida)
* Leykotsitlar sonini sanash (mikroskop yordamida, Kamera Goryayeva usulida)
* Rang ko‘rsatkichini aniqlash
* Eritrotsitlarning cho‘kish tezligini aniqlash SOE (Panchenko uskunasi yordamida)
* Qonning umumiy taxlili (Mindray uskunasi yordamida)
* Bezgak kasalligi Malyariya tashxisoti (mikroskop yordamida)

Umumiy peshob taxlillariga quyidagilar kiradi:
• Peshob taxlili (makroskopiya) peshob rangi, miqdori, tiniqligi, nisbiy zichligi, oqsil, o‘t kislotasi va x.k
• Peshob cho‘kmasi taxlili (mikroskopiya)
• Eritrotsit Nechiparenko usuli orqali (Kamera Goryayevada sanaladi)
• Leykotsit Nechiparenko usuli orqali (Kamera Goryayevada sanaladi)
Umumiy najas taxlillariga quyidagilar kiradi:
• Yashirin qonni aniqlash (makroskopik usulda)
• Najasni umumiy taxlili (makroskopik usulda) shakli, muxiti, rangi
• Surtma olish (soskob) orqali gijja tuxumini aniqlash (mikroskopik usulda)
• Najasni umumiy taxlili (mikroskopik taxlili) mushak tolalari, xazm bo‘lgan va xazm bo‘lmagan o‘simlik to‘qimalari, kristallar, neytral yog‘lar, yog‘ kislotalari, biriktiruvchi to‘qimalar, kraxmal, yodofil flora, shilliq, epiteliylar, leykotsitlar, eritrotsitlar, sodda xayvonlar, gijja tuxumlari, zamburug‘lar va x.k.