

28.04.1993 yilda Farg‘ona shaxar yuqumli kasalliklar shifoxonasi tashkil etilgan.
08.06.2021 yil kunida “Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali” nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Farg‘ona shaxar P.Maxmud ko‘chasi 23-uyda joylashgan. RIEMYuPKIATMFF raxbari Sultonali Sodiqovich Boyigitov (1972 yilda tug‘ilgan), mutaxassisligi vrach reanimatolog.
O‘rinlar soni – 140. Jami shtatlar 317,25 birlik, bundan vrachlar shtati 45,25. Internet, lokal tarmoq mavjud, SSVning koorporativ tarmog‘iga ulangan.
RIEMYuPKIATMFFda portativ UZI, raqamli rentgen apparati mavjud.  PZR analizator, Fibroskan, MRT apparatlari zarur.
Telemeditsina – VKS, markaz bilan.
Filial viloyatdagi Qo‘qon, Marg‘ilon, Quvasoy yuqumli kasalliklar shifoxonalari, 15 ta  tuman TTBlar tarkibidagi yuqumli kasalliklar bo‘limlari bilan faoliyat olib boradi. Jumladan yil davomida filial mutaxassislari tomonidan xar bir muassasaga chiqishlar jadvali tasdiqlangan.