

Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi binosi 1978 yilda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatida qurilgan bo‘lib, 2012 yil tamirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 16 noyabrdagi № 291-sonli “Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan 01.02.2021 yil viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat filiali nomi bilan yuritilmoqda.