Respublika bo‘ylab Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bir qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda.
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari tomonidan malakali tor soha mutaxassislari ko‘magida mobil klinikadagi zamonaviy tibbiy uskunalar orqali olis hudud aholisi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar o‘rtasida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda. Yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda diagnostika qilish borasidagi ishlar yanada kuchaytrilmoqda.
Mana shunday tadbirlarning navbatdagisi Sirdaryo viloyati “Malik qishlog'ida” OSHPda tashkil etildi. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari va Sirdaryo TTB KTMP tor mutaxassislari, UTT va labaratoriya mutaxassislari 180 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida markaz mutaxassislari tomonidan aholi orasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari ham amalga oshirildi.