post image

DIQQAT E’LON!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi P-37-son Farmoniga muvofıq va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobiga
✔️ stajor-tadqiqotchilik
✔️tayanch doktorantura 
✔️ doktorantura 
uchun qabul kvotalariga qabulni samarali  o‘tkazish va Iqtisodiyot  va  moliya  vazirligining  2024-yil  13-avgustdagi 06/33-4-16847-son xati ijrosi maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy - amaliy tibbiyot markazi tayanch doktorantura uchun 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar 1 nafar, 14.00.30-Epidemiologiyaga 1 nafar,  03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya yo‘nalishiga 1 nafar va doktoranturada o‘qish uchun 14.00.10 - Yuqumli kasalliklarga  1 nafar, 14.00.30-Epidemiologiya yo‘nalishiga 1 nafar talabgorlar tanlab olinishi hamda talabgorlarning hujjatlari 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilish e’lon qiladi.

Talabgordan quyidagi hujjatlar talab qilinidi:
1.  Talabgor ma'lumotnomasi (объективка)
2.  Mehnat daftarchasi
3.  Bachelor diplom
4.  Davlat mukofotlari (mavjud bo‘lsa)
5.  Ariza
6.  Passport 
7.  Diplom
8.  Ilmiy maqola va tezislar ro‘yhati
9.  Ish joyidan tavsifnoma
10.  Til sertifikati 

Hujjatlar daraja.ilmiy.uz saytiga, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy - amaliy tibbiyot markazini tanlagan holda joylashtiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni ham shu sayt orqali olishingiz mumkin. 
Telefon: +998 71 2433605


Uch tepa, Zakovat, 2