post image

E’LON (Ordinatura)

2025/2026 o‘quv yilida “Yuqumli kasalliklar” va “Epidemiologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va    parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi 2025/2026 o‘quv yili uchun “Yuqumli kasalliklar” va “Epidemiologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilishni e’lon qiladi.

Hujjatlar 2025 yil 22 avgustga qadar qabul qilinadi.

Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati:

  1. Ariza
  2. Pasport nusxasi
  3. Oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (nusxasi)
  4. Ilgari tamomlagan klinik ordinatura (rezidentura), internatura yoki magistratura to‘g‘risidagi hujjat (nusxasi)
  5. Mehnat daftari nusxasi (ishlaydiganlar uchun)
  6. 3.5x4.5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli foto
  7. Rezidenturaga qabul uchun to‘lov to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjati
  8. Rezyume (CV)
  9. Harbiy guvohnoma nusxasi (agar mavjud bo‘lsa)
  10. Ilmiy ishlar (maqola, tezis va boshqalar) nusxalari (agar mavjud bo‘lsa)

Eslatma: Hujjatlar to‘liq va belgilangan muddatda topshirilishi shart.

Ro‘yxatdan o‘tish bevosita yoki onlayn tarzda markazning rasmiy veb-sayti (https://uzinfectology.uz/) orqali amalga oshiriladi.

Markaz pochtasi: info.niiemiz@ssv.uz

Barcha savollar bo‘yicha murojaatlar markazi (Call-markaz) haftaning dushanba-shanba kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi  (1 sentabrgacha).

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71.243-36-05,    +998946587388

Manzil: Uchtepa tumani, Zakovat 2.