Virusli gepatitlar bilan murojaat qilib kelayotgan bemorlar soni ortishi va ularni tashhislash uchun zamonaviy asbob-uskunalarga ehtiyoj mavjudligi sababli Markazimizga zamonaviy yangi avlod fibroskan uskunasi – HEPATUS-6 o’rnatildi.
HEPATUS-6 – yangi avlod fibroskan uskunasi bo’lib, u jigar to’qimasi fibrozini va yog’ bosishini erta tashhislashda muhim vazifani bajaradi.
Avvallari bunday tashhisotni o’tkazish uchun jigar to’qimasidan igna yordamida kichik jarrohlik muolajasi orqali namuna olishga to’g’ri kelar va bu esa muolajadan keyingi ayrim nojo’ya oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin edi. Lekin fibroskan usuli, shu jumladan yangi avlod HEPATUS-6 uskunasi buning yechimidir. Bu noinvaziv (hech qanday jarrohlik muolajalarisiz) jigar fibrozi va yog’ bosishini aniqlash uskunasidir.
HEPATUS-6 uskunasi quyidagi hollarda ko’rsatma hisoblanadi:
Hepatus-6 yangi avlod fibroskan uskunasi bo’lib, o’z o’tmishdoshlaridan quyidagi ustunliklarga egaligi bilan farq qiladi:
Oddiy ul’tratovush tekshiruvi mobaynida aniqlanmaydigan ko’rsatkichlarni Hepatus-6 yordamida aniqlab to’liq tashhis qo’yishda shifokorga yordam beradi.
O’z salomatligingizga befarq bo’lmang!
Jigar kasalliklari bo’yicha Respublika ihtisoslashtirilgan epidemilologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot Markazi sizga o’z malakali xizmatlarini (xususan fiboskan – HEPATUS-6 xizmatini) ko’rsatishga tayyor.
Narhlar shahar bo’yicha eng arzon qilib belgilangan – 180.000 so’m.
Manzil: Toshkent shahar, Zakovat ko’chasi, 2-uy.
Tel: +99871-2030186, +99897-1435557
Sayt: www.uzinfectology.uz
Telegram: t.me/RIEMYuPKIATM
Instagram: gepatologiya va parazitologiya
