Buyrak salomatligi — barcha uchun” mavzusidagi ushbu tadbirda mamlakatimiz mutaxassislari bilan birga, Buyuk Britaniya, Rossiya, Belarus, Koreya Respublikasi, Bangladesh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa xorijiy davlatlardan yetakchi ekspertlar ishtirok etyapti.
Video lavhani ko'rish
Konferensiyada surunkali buyrak kasalliklarini erta aniqlash va davolash, zamonaviy gemodializ, buyrak transplantatsiyasi, nefroproteksiya, shuningdek, telemeditsina va sun’iy intellekt imkoniyatlarini sohada qo‘llash kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Anjuman orqali ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga kengroq tatbiq etish hamda mamlakatimizda nefrologik xizmat sifatini yanada oshirish maqsad qilingan.
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.





