post image

Respublika ihtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi katta ilmiy hodimi, doktorant Shaislamova Mukambar Saidivalievna 990 000 000 so'mlik grantni qo'lga kiritdi.

Mamlakatimiz poytahti Toshkent shahrida 11 fevral 2025yil Hilton mehmonhonasida ilk bora "Olima Ayollar Forumi" bo'lib o'tdi. Tadbirda olima ayollarimizni tabriklash maqsadida Mirziyoyeva Saida Shavkatovna tashrif buyurib, barcha tanlov g'olibalarni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etdilar.
Olima Ayollar Forumida mamlakatimizning eng ilgor olima ayollari ishtirok etdi. Shu jumladan, Respublika ihtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi katta ilmiy hodimi, doktorant Shaislamova Mukambar Saidivalievna "Bolalar ichak parazitozlarida kelib chiqadigan malabsorbsiya va maldigestiya darajasini aniqlash va korreksiyalash uchun information modelini ishlab chiqish" nomli loyihasi bilan qatnashib, 990 000 000 (tuqqiz yuz tuqson million) so'mlik grantni qo'lga kiritdi.