Hurmatli fuqarolar va soha mutaxassislari!
Ma’lumki, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi aholi salomatligini mustahkamlash, yuqumli kasalliklarni oldini olish, erta tashxislash va xizmat sifatini yuqori darajaga olib chiqish yo‘lida faoliyat olib bormoqda.
2025-yil uchun belgilangan ulkan maqsad va vazifalarimizni e’tiboringizga havola etamiz:
Birinchidan
Tuman (shahar) shifoxonalarida avvallari o‘tkazilmagan, yangi 4 ta, viloyat filiallarida 6 ta va Markazda 8 ta yangi diagnostika va davolash usullari tatbiq qilinadi.
Ikkinchidan
Viloyat va tumanlarda aholi o‘rtasida virusli gepatit B va C bilan kasallanish darajasini aniqlash bo‘yicha skrining testlari tekshiruvlarini o‘tkazish barcha birlamchi bo‘g‘inlarda tashkil etiladi.
Skrining test tekshiruvlari 500 mingdan 1,0 mln gacha yetkaziladi.
Uchinchidan
Hududlarda mahorat darslari doirasida 8000 ga yaqin bemorlar orasida tibbiy ko‘rik va 2000 nafar shifokorlarga seminarlar va master-klasslar o‘tkaziladi.
Teletibbiyot orqali 48 ta videokonferensiya, 36 nafar bemorga onlayn konsul'tasiyasi va 24 nafar bemorga konsilium o‘tkaziladi;
To‘rtinchidan
Davlat grantlari doirasida 3 ta amaliy tadqiqotlar, xorijiy xamkorlar bilan xamkorlikda 2 ta innovasion tadqiqot loyihalari amalga oshiriladi. Xalqaro nufuzli jurnallarda 5 ta maqolalar chop ettiriladi.
Shuningdek, 20 nafar mutaxassislar tomonidan 5 ta yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib boriladi. 2 ta fan doktori (DSc) va 4 ta falsafa doktori(PhD) dissertasiyalarini himoya qiladi.
Jumladan, virusli gepatitlar, o‘tkir ichak infeksiyalari, papiloma virusi chaqiruvchi infeksiyalar,o‘tkir respirator virusli infeksiya, istma bilan kechuvchi yuqumli kasalliklar (brusellez, iersinioz, tif va paratiflar), aspergillez maxsus laborator tashxisotlari, bakterial kasalliklarda antibakterial vositalarni rasional ishlatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha usullarini tatbiq qilish.
Beshinchidan
Hududiy filiallarga Rossiya, Belorus, Germaniya va Koreyadan 4 nafar, va boshqa rivojlangan davlatlarning ilg‘or klinikalarining 8 nafargacha yetakchi mutaxassislarni jalb qilingan holda mahorat darslarini o‘tkaziladi.
6 tur mavzularda 36-72 soatlik monotematik o‘quv kurslari tashkil qilinib, hududlar va markazdan kamida 100 nafar kursantni o‘qitish.
Yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan 2 ta hamkorlik memorandumlari imzolanadi
Markaz va xududiy filiallardan 20 nafargacha mutaxassislarni xorijiy yetakchi klinikalarda malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi, 35 nafargacha mutaxassislarni xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi ta'minlanadi. Klinik ordinatura yo‘nalishida o‘qitish orqali hududlarga 5 nafar mutaxassislar tayyorlanadi.
Oltinchidan
Markaz va xududiy filiallarini yangi yuqori texnologik tibbiy jixozlar bilan ta'minlash, buning natijasida erta tashxis qo‘yish imkoniyati 2 barobar oshadi va asoratlarni oldini olish 4 barobarga kamayishiga erishiladi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Belgilangan rejalarimizni amalga oshirish orqali zamonaviy, yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni aholimizga taqdim etamiz
Mamlakatimiz tibbiyotini yanada rivojlantirish yo‘lida birgalikda samarali ishlarni amalga oshirishga ishonamiz.
Hurmat bilan,
RIEMYuPKIATM direktori
Botir Tadjiev.