post image

Yuqumli kasalliklar dolzarb muammollari: tashxisot, davolash va oldini olishning murakkab masalalari

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-sonli Akademik litseyida “Yuqumli kasalliklar dolzarb muammollari: tashxisot, davolash va oldini olishning murakkab masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini rasman boshladi.

Tadbirning ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari, shuningdek, respublika va xorijdan tashrif buyurgan yetakchi professorlar, infeksionistlar, epidemiologlar va tibbiyot sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Konferensiya doirasida yuqumli kasalliklarning tashxislash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, davolash strategiyalari va profilaktika choralarini kuchaytirish masalalari bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etilishi, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ilmiy munozaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Anjuman sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb global chaqiriqlarga birgalikda javob berish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.