2025/2026 o‘quv yilida “Yuqumli kasalliklar” va “Epidemiologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi 2025/2026 o‘quv yili uchun “Yuqumli kasalliklar” va “Epidemiologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilishni e’lon qiladi.
Hujjatlar 2025 yil 22 avgustga qadar qabul qilinadi.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati:
Eslatma: Hujjatlar to‘liq va belgilangan muddatda topshirilishi shart.
Ro‘yxatdan o‘tish bevosita yoki onlayn tarzda markazning rasmiy veb-sayti (https://uzinfectology.uz/) orqali amalga oshiriladi.
Markaz pochtasi: info.niiemiz@ssv.uz
Barcha savollar bo‘yicha murojaatlar markazi (Call-markaz) haftaning dushanba-shanba kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi (1 sentabrgacha).
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71.243-36-05, +998946587388
Manzil: Uchtepa tumani, Zakovat 2.