Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida “Bioxavfsizlik va biomuhofazaning kelajagi” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Respublikasidan bir qator olimlar o'z maruzalari bilan ishtirok etdilar. Shu jumladan, Respublika ixsoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi katta ilmiy xodimi M.S.Shaislamova “Strengthening Biosecurity through Mobile Laboratory diagnostics in
Uzbekistan” nomli poster ma’ruzasi bilan faol ishtirok etdi. Mazkur tadqiqot O‘zbekistondagi Germaniya biohavfsizlik proektiga 2023-2025 bagishlangan bo‘lib, mamlakatda bioxavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ushbu ilmiy konferensiya Xalqaro fan va texnologiyalar markazi (ISTC) hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz bioxavfsizlik assotsiatsiyasi (BACAC) hamkorligida, GIZ tashkiloti, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida tashkil etilgan.
Konferensiyada 20 ta davlatdan 150 dan ortiq yetakchi olimlar, siyosatchilar, soha mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Ular biotexnologiya va bioxavfsizlikni boshqarishda sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari, biologik xavflarni oldindan aniqlash va ularga javob choralarini ishlab chiqish, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda xavfsiz biotexnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qilindi.
Tadbir doirasida mintaqaviy darajada bioxavfsizlikni mustahkamlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish va biomuhofaza sohasida yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.
